Izohli lug‘at
fasohat
фасоҳат
Ma’nolari
- . Chiroyli va yoqimli soʻzlash qobiliyati, nutqning aniq va ravonligi.
- . Lisoniy xususiyat, nozik qirralar.
- . Fasohat (xotin-qizlar ismi).
Misollar
- Fasohat bilan soʻzlamoq.
- Uning [Zokirjonning] nozik harakatlari, shoirona muomalalari, zakovati, malohati, jozibali fasohati meni oʻziga maftun qildi, — dedi Muqimiy. — S. Abdulla — Mavlono Muqimiy.
- Rus tilining ham, oʻzbek tilining ham oʻziga xos fasohati, juda nozik nafosati bor. — M. Ismoiliy — Odamiylik qissasi.
Kelib chiqishi
arab. – gapga chechanlik, notiqlik; nutqning toʻgʻriligi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0