ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

fayl

файл

Ma’nolari

  1. tex. Kompyuter xotirasida alohida nom (sarlavha) ostida saqlanadigan, boshqa alohida nomdagi hujjatlarni (matnlarni) qabul qilmaydigan hujjat yoki hujjatlar majmui.
  2. Yozuvlarning tartiblashtirilgan to‘plami yoki umumiy nom ostida kompyuter tizimida saqlanadigan ma’lumotlarning boshqacha bir yig‘indisi. Izoh ‒ Barcha fayllar ikkita katta klassga bo‘linadi – dastur fayllari (bajariladigan fayllar) va ma’lumotlar fayllari (bajarilmaydigan fayllar). Saqlanadigan ma’lumotlarning turiga ko‘ra, fayllar matnli, grafik, ikkilik, komanda, ma’lumotlar bazasining fayllari, video va audiofayllarga bo‘linadi.

Kelib chiqishi

ingl. file — qogʻozlar tikmasi, kartoteka

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish