Izohli lug‘at
fayz
файз
Ma’nolari
- . Oʻziga jalb qilishlik, quvonch baxsh etuvchi jozibadorlik.
- . Baraka, moʻllik.
- . Fayzullo (erkaklar ismi).
Misollar
- Suhbatga fayz kirdi.
- Bazmning fayzi ketdi.
- Orombaxsh "Choʻli iroq" polizning sehrli oqshomiga yana ham fayz kiritdi. — N. Fozilov — Diydor.
- Shu payt elektr chiroqlari yoqildi, hovliga fayz ustiga fayz qoʻshildi. — Gazetadan.
- Fayz yogʻildi Oʻzbekistonga, Bu dilrabo bogʻu boʻstonga. — H. Rasul — Baxt nashʼasi.
- Fargʻonaning husni keldi sahroga, Paxta ekdim, fayz keldi, inju keldi. — T. Toʻla — Oromijon.
Kelib chiqishi
arab. – toʻkilish, yoyilish; moʻl-koʻlchilik; saxovat, muruvvat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0