Izohli lug‘at
fidoyi
фидойи
Ma’nolari
- . Biror kimsa, narsa yoki gʻoyaga astoydil berilgan va ular uchun jondan kechishga ham tayyor; sodiq.
- . Koʻngilli, oʻz ixtiyori bilan kelgan askar.
Misollar
- Mehnatkash, fidoyi, halol insonni oʻlimidan keyin eʼzozlash tiriklar qoʻliga chiroq tutqazish bilan baravardir. — "Saodat". —
- Bizning kishilar mard, kamtar, fidoyi, Sabotiga aytsang tasanno arzir. — M. Boboyev —
- Yosh Ahmad yangi tuzumni mustahkamlashga bel bogʻlagan fidoyilar safiga qoʻshildi. — Gazetadan. —
Kelib chiqishi
arab. – oʻz jonini qurbon qiluvchi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0