Izohli lug‘at
fil
фил
Ma’nolari
- zool. 1 Afrika va Osiyoda yashaydigan, sutemizuvchilar sinfiga mansub, sirtga chiqqan ikkita uzun, kurak tishli va baquvvat xartumli, oʻsimliklar bilan ovqatlanuvchi ulkan jussali hayvon. Quruqda yashovchi hayvonlarning eng yirigi fildir. "Zoologiya". Chivin koʻplashsa, filni yiqitadi, degan gap bor. I. Rahim, Chin muhabbat.
- Shaxmat taxtasida burchak harakati (diagonal) boʻyicha istagan katakka yura oladigan sipoh. [ Shayxulislom] E.. E.. Fa-lat, filingizni koʻrmabman. Uygʻun va I. Sultan, Alisher Navoiy.
- koʻchma Baquvvat, qudratli, katta im-koniyatlarga ega. Xalilov bilan bahslashib oʻtirish shartmi! Xalilov — fil, sen — qoʻchqor. I. Rahim, Ixlos.
- Fildan pashsha yasamoq yoki pashshani fil qilmoq Oshirib yubormoq, koʻpirtirmoq; mubolagʻa qilmoq. Siz, oʻrtoq Rafiq, pash-shadan fil yasamoqchi boʻlasiz! N. Safarov, Tanlangan asarlar. -Uzzukun pashshani fil qilib, qayoqdagi gaplarni chulgʻatib yurdin-giz. A. Muhiddin, Hadya. U. rost-yolgʻon xa-barlarning pashshasini fil qilib yetkazib, uyimizni kuydirdi. S. Ayniy, Qullar.
Kelib chiqishi
a. Jjj < f. J^
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0