Izohli lug‘at
firib
фириб
Ma’nolari
- Kishini qasddan adashtirish, qoʻlga tushirish, aldash; hiylanayrang, makr.
- Firib bermoq (yoki qilmoq) Nayrang ishlatmoq, aldamoq, qoʻlga tushirmoq.
- Firib yemoq Birovga aldanmoq, aldanib qoʻlga tushmoq; pand yemoq.
- Shaytonga firib beradi Hiyla-nayrangda shaytonni ham yoʻlda qoldiradigan, oʻtaketgan firibgar.
Misollar
- Ishing firib, hiyla ekan soʻzlaring, Yuzing konsiz, ola ekan koʻzlaring. — "Ravshan". —
- Uning chakchayganroq koʻzlarida muallim qandaydir shaytoniy firib va nafrat sezdida, alamdan qaltirab, devorga suyandi. — Oybek — Nur qidirib.
- Nasim, koʻzingizni loʻq qilib, firib beradi. — T. Murod — Qoʻshiq.
- Goh kimningdir pinjiga kirib, Sezdirmasdan berardi firib. — A. Poʻlkan — Izhor.
- Soddadillik qilib, firib yedi-yu, qahramonlik qilib, oʻzini oqladi. — N. Safarov — Jangchi shoir.
- Dushman firibin yema va maddoh xushomadin chindema. — "Hikmatli soʻzlar". —
- Baʼzi birovlarday shaytonga firib beradigan makkor, ustomon boʻlgandan, aslida shunaka soddalik ham durust. — S. Siyoyev — Erkaklar ertagi.
Kelib chiqishi
f. EDDOVCHI^ ZLDDMCHILIK^ - yoʻldan ozdirish; hiyla, makr
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0