Izohli lug‘at
fitna
фитна
Ma’nolari
- . Gʻarazli maqsadga erishish yoʻlida birovni qoralash uchun qilinadigan yashirin xatti-harakat, buzgʻunchilik.
- . Maʼlum siyosiy maqsadga erishish niyatida yashirin til biriktirish yoʻli bilan davlatga, siyosiy rahbarga, tashkilotga yoxud shaxsga qarshi qilingan harakat.
- . fitnachi.
- . Urishqoq, janjalkash.
Misollar
- Fitna toʻqimoq. Oraga fitna solmoq. Fitna qoʻzgʻamoq.
- Shu fitnani uyushtirgan odam Boʻtaning savodsizligidan, uzoqni koʻrolmasligidan foydalanib, shu ishni qilgan. — S. Ahmad — Hukm.
- Qorailon bilan oʻynashib boʻlmaydi! Amirzodalar orasiga nifoq solib, fitna bilan ne-ne kishilarni yoqalashtiradigan ham Qorailon! — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Fitna uyushtirmoq.
- Fitna odam.
- Bunday fitna xotinni koʻrmaganman. — S. Zunnunova — Olov.
- Oʻzingiz bilasiz, fitna odamlar koʻp. — A. Qahhor — Sarob.
- Odamzodning fitnasi yomon boʻladi. Koʻngli ochiqlikka ne yetsin, — dedi Inogʻomjon. — Mirmuhsin — Umid.
Kelib chiqishi
arab. – maftun etish; yoʻldan ozdirish; isyon, gʻalayon
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0