ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

formatsiya

формация

Ma’nolari

  1. Biror narsaning muayyan taraqqiyot bosqichi, pogʻonasiga mos keluvchi tipi, tuzilishi.
  2. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya Kishi-lik jamiyati taraqqiyotidagi muayyan ishlab chiqarish usuli va unga bogʻliq ishlab chiqarish, ijtimoiy va siyosiy munosa-batlar, xuquqiy meʼyorlar va mafkura bilan xarakterlanadigan tarixan shakllangan bosqich, davr (quldorlik, feodalizm, kapitalizm). Turkiston xalqlari feodalizm formatsiyasidan kapitalistik formatsiyaga asta-sekin oʻta boshladilar. Gazetadan. Zamonlar oʻtdi, ijtimoiy-iqtisodiy for-matsiyalar almashdi, odamlar oʻrtasidagi munosabatlar oʻzgardi. Gazetadan.
  3. geol. Hosil boʻlish sharoitlarining umumiyligi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, Yer poʻsti asosiy strukturaviy rivojlani-shining muayyan bosqichlarida vujudga kelgan togʻ jinslari yigʻindisi, geologik choʻkindilar.

Kelib chiqishi

lot. formatio — tashkil boʻlish; shakl, koʻrinish

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish