ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

funksiya

функция

Ma’nolari

  1. mat. Erkin oʻzgaruvchi miqdor (argument)ning oʻzgarishiga qarab oʻzgarib turadigan, bogʻliq(tobe) oʻzgaruvchan miqdor. Utkir burchakning trigonometrii funk-siyalari. Funksiyalar nazariyasi. shsh Bitta funksiyaning oʻzi turli xil formulalar bilan ifodalanishi ham mumkin. "OʻzME".
  2. biol. Biror aʼzo yoki organizmning ishlab turishi, faoliyati. Yurakning funk-siyasi. n Odam oʻz organizmining tuzilishi va funksiyalari toʻgʻrisidagi bilimlarga ega boʻlishi muhim. "Odam anatomiyasi va fi-ziologiyasi".
  3. koʻchma Biror ijtimoiy tashkilot, kim-sa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi; vazifasi. Bu ishni bajarish mening funk-siyamga kirmaydi. tya Ona obrazining boshqa bir gʻoyaviy-estetik funksiyasini ham unutmaslik kerak. U. Normatov, Talant tarbiyasi.
  4. Dastur yoki tizim tomonidan hal qilinadigan masala yoki maqsadni, shuningdek, qandaydir qurilmaning belgilangan vazifasiga nisbatan aytiladi. Masalan, printerning funksiyasi ‒ bosib chiqarilishi, o‘qitish kompyuterning funksiyalaridan biri, matn redaktorining funksiyasi hujjatni tayyorlash va hakazo.

Kelib chiqishi

lot. functio — ijro etish, bajarish

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish