Izohli lug‘at
fuqaro
фуқаро
Ma’nolari
- .Biror mamlakatning doimiy (muayyan yuridik huqugugarga ega boʻlgan) aholisi, grajdanlar. Oʻzbekiston fuqarosi. Rossiya fuqarosi. Angliya fuqarosi. m Qay podshoning fuqarosi boʻlasan? „Yusuf va Ahmad“. Aslini olganda, tomoshabinlarning aksariyati amirdan qochib oʻtgan Buxoro fuqarolari edi. K. Yashin, Hamza.
- .Umuman, oddiy xalq, omma. Kelgan mahsulotning narxi esa oddiy fuqaro hamyonini chaqadi. „Gazetadan“. Men podsholar uchun emas, Xuroson fuqarosi uchun madrasa solyapman. Mirmuhsin, Meʼmor.
- .etn. Oddiy, qashshoq qora xalq vakili; zid. xoʻja 3. Fuqaro bosh egib kiradigan qiyshiq eshik, guvala devorini eplab olsa ham katta gap. Mirmuhsin, Umid.
Kelib chiqishi
a. ADya — "faqir" s. ning koʻpligi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0