Izohli lug‘at
gala
гала
Ma’nolari
- Bir turdagi qush, hayvon-jonivorlar toʻdasi.
- Bir toʻda odam, olomon.
- Bir gala Ancha, koʻp.
Misollar
- [Botirali] Sharpaga ortiq parvo qilmay, qushlar galasini zavq bilan tomosha qila boshladi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Qushlar galasi bezovtalanib, daryo tomonga tez uchib oʻtdi. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Qizlar galasini koʻrgan Bozorov ot boshini oʻsha yoqqa burdi. — I. Rahim — Chin muhabbat
- Ancha yigʻilishib kelibdi gala bachchalar. — "Yusuf va Ahmad" —
- -Yigitlarning rashki yomon boʻladi, ehtiyot boʻl, — deb bir gala gapni qulogʻiga quydi. — Oydin — Oʻzidan koʻrsin.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0