Izohli lug‘at
gavda
гавда
Ma’nolari
- I neon yoki hayvon tanasining umumiy koʻrinishi; jussa, qad.
- Tan, tana (vujud bilan jon qarama-qarshi quyilganda).
- Jonsiz tana, murda, jasad.
- Biror narsaning borligʻi, tanasi, koʻrinishi.
Misollar
- Joʻraboy ota-ning uzun qotma gavdasi qorongʻida koʻzdan gʻoyib boʻldi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Qiz semiz gavdasiga yarashmagan epchillik bilan lip etib oldinga oʻtdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Yoʻq, yurdi emas, oyoq-larini ixtiyoriga qarshi sudradi. Lekin joni qolib, quruq gavdasi ketar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Darvozadan oʻn odim narida boshi tanidan uzilgan uch kishining gavdasiga yoʻliqdilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Hovli oʻrtasida chirik gavdasi oʻraday oʻpirilgan qari bahaybat tol. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mudhish boʻlib koʻrinar Tunda togʻlar gavdasi. — Gʻayratiy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0