Izohli lug‘at
gavdalanmoq
гавдаланмоқ
Ma’nolari
- Koʻrinmoq, koʻrinib turmoq, koʻzga tashlanmoq.
- Xayolan koʻz oldiga kelmoq, nazarida paydo boʻlmoq.
- ayn. Aks etmoq, mujassamlashmoq, koʻ-rinmoq.
Misollar
- Yarim yoʻlga yet-ganda, uzoqda qop-qorayib gavdalanib tur-gan adir tomondan "quuq" degan choʻziq to-vush eshitildi. — A. Qahhor — Maston.
- Shoxdor ola sigir gʻira-shira gavdalanib turardi. — "Guldasta".
- Usha jang tafsilotini es-laganimda, barcha quroldosh doʻstlarim koʻz oldimda birma-bir gavdalanadi. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Yana onasiningoʻlim oldida-gi qiyofasi koʻz oʻngida gavdalandi. — M. Xay-rullayev — Tilla marjoy.
- Bu tomonda nihoyatda ziynatlanib bino qilingan oliy imoratlar boʻlib, shahar ustalarining hamma sanʼat va mahoratlari shu binolarda gavdalanar edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0