Izohli lug‘at
guliston
гулистон
Ma’nolari
- poet. Yashnagan, obod yer; bogʻ-boʻstonlar makoni boʻlgan oʻlka. Kanal qazib, choʻlni qildik gu-liston, Dalamiz nashali, dalamiz boʻston! M. Alaviya.
- Olam guliston "Masala, muammo hal", "ish bitadi-qoʻyadi", "tamom", "vassalom", "hamma xursand" kabi maʼnolarda aytiladigan ibora.
Misollar
- Endi mening shirin jonim ke-rakmas, Fasli bahor, gulistonlar kerakmas. — "Shirin bilan Shakar".
- Ammo siz "xoʻp" desangiz, olam guliston. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Choʻchi-mang. Bittagina dadil qadam tashlasangiz, olam guliston boʻladi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
Kelib chiqishi
gul + f. — "egallovchi" maʼnosini bildiruvchi qoʻshimcha
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0