Izohli lug‘at
gunoh
гуноҳ
Ma’nolari
- Shariat qonuniga, diniy aqidalarga xilof ish, xatti-harakat.
- Odob-axloq doirasiga sigʻmaydigan ish, nojoʻya xatti-harakat; jinoyat; ayb.
- Gunohidan oʻtmoq yoki gunohini kechirmoq Gunoh yoki ayb ish qilgan kishini kechir-moq, afv etmoq.
Misollar
- Domla gʻuldiragan ovoz bshshn poʻpisa qildi: -Xudonshg kudratiga shak kel-tirmang. Gunohingizni orttirasiz. Sizning hamma qilmishingiz gunoh. — P. Tursun — Oʻqi-tuvchi.
- Kalomi sharifda yozilishicha, yigʻi-sigʻi ollo taoloning irodasiga qarshi borish bilan barobar gunohdir. — K. Yashin — Hamza.
- -Nima gunoh kilibdi shu goʻdak? — deb oʻyladi Nor-mat. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Bir bechoraga tuhmat kilishsa-yu, bila turib, koʻra turib, jimoʻtirsam, gunoh boʻlmaydimi?M. — Ismoi-liy — Fargʻona tong otguncha.
- Otabeklar nega qomaldi-lar, kanday gunohlari bor ekan? A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- -Shoshmang, dada, — Gulnor uning soʻzini kesib kichkirdi. — Nega Yoʻlchiga jazo berasiz, unda hech gunoh yoʻq. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Xolxoʻjaga yigit boʻlganing esingdan chikdimi? Hukumat gunohingdan oʻtdi-ya. — S. Ahmad — Hukm.
- Besh yillik oʻzga-rishdan soʻng domla mudarris Abdurahmon-ning eski gunohlarini kechirgan edi. A. — Qodiriy — Mehrobdan chayon. Gunohini yuvmoq Oʻzini oqlab, ayb, gunoh, kamchiliklardan forigʻ boʻlmoq.
- -Xudo nasib qilsa, hajga ke-tib, gunohlarimni oʻsha yoqda yuvib kelaman, deb niyat qildi otam, — dedi Hoji xola. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha. Gunohga botmoq Gunoh, ayb ish qilmoq; gunohkor boʻlmoq.
- Bir mahal qotillar koʻllarida zambil bilan yana paydo boʻlishdi. Xuddi koʻllari tegsa, "harom" boʻlib, oʻzlari gunohga botadigandek, jirka-nib turib, jasadlarni zambillarga solishdi. — K. Yashin — Hamza. Gunohi azim Katta gunoh, ayb. Umar polvon oʻylanib qoldi, anchadan keyin tilga kirdi: -Qurʼon —
- tabarruk ki-tob, uni xor qnlish — gunohi azim. — K. Yashin — Hamza.
Kelib chiqishi
\f. — ayb
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0