Izohli lug‘at
gurkiramoq
гуркирамоқ
Ma’nolari
- Barq urib oʻsmoq, ri-voj olmoq (koʻkat, oʻsimlik haqida).
- Gullab-yashnamoq, taraqqiy et-moq.
- Hamma yoqni tutmoq, tarqamoq, anqimoq (hid haqida).
Misollar
- Bahori bugʻdoyning gurkiragan payti. m
- Parvarish etilgan goʻzalar ona sutiga miriqqan bola-dek gurkiraboʻsardi. — Sh. Gʻulomov — Tashabbus.
- Kichkinagina yerda anvoyi mevalar gurkirab yashnab turadi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Tilak baxsh aylasa qalblarga qanot, Unga parvoz bergan bilakdir oʻktam, Shular birligida gurkirar hayot, Shular birligida yasharar olam. — E. Vohidov — Charogʻbon.
- Qambar birdan qattiq kulib, Yoʻlchining yoniga yonboshladi. Ogʻzidan musallas hidi gurkirar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Qizigan tuproqning mayin isi gur-kiradi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0