Izohli lug‘at
guvohlik
гувоҳлик
Ma’nolari
- Shohidlik, koʻrgan yoki bilganlik; guvoh boʻlishlik. Biroq faktlar, hujjatlar, juda koʻp odamlarning guvoh-liklari uning qaysarligini asta-sekin qayirib, nihoyat, bukib qoʻydi. \. Gʻulom, Mashʼal.
- huq. Guvoh tomonidan berilgan maʼlumot, guvohning aytganlari.
Misollar
- Guvohlik ber-moq.
- Ziyodaxon bilan Anzirat xoladan, qolaversa, Sharofat mojarosidan xabardor boʻlgan boshqa odamlardan sudda guvohlik berishlarini soʻradi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0