Izohli lug‘at
hadya
ҳадя
Ma’nolari
- Taqsim etilgan narsa; sovgʻa, tortiq, tuhfa.
- Hadya qilmoq (yoki etmoq) Hadya (sovgʻa) bermoq, tortiq qilmoq.
Misollar
- Podshohning ziyofatiga hamma savdogarlar hadyalar olib boradi. — "Ertaklar".
- Sochiladi sochqi, hadya, toʻyona, Shoʻx bolalar qiychuv ilib olmoqda. — Mirtemir.
- Zokir Faridaga pushti gulli panbarxat hadya qilgan, "shu rangni yaxshi koʻraman", deb bir necha marta aytgan edi. — P.Qodirov — Uch ildiz.
- Munis ham uni yaxshi koʻrardi. Baʼzi narsalarni unga hadya qilgan edi. — Oʻ. Umarbekov — Yoz yomgʻiri.
- ..hayhotday qoʻshni xonada xonga oqposhsho hadya etgan ulkan soatning taqillashidan boʻlak tovush eshitilmasdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
Kelib chiqishi
[ arab. - sovgʻa, tuhfa ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0