Izohli lug‘at
haj
ҳаж
Ma’nolari
- Makka shahriga borib, zulhijja oyida belgilangan tartib-qoida va odatlarga amal qilgan holda, Kaʼbani tavof va ziyorat etish.
Misollar
- Avliyolardan bittasi uch martaba hajga borib kelgan ekan. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Xudo nasib qilsa, hajga ketib, gunohlarimni oʻsha yoqda yuvib kelaman! — deb niyat qildi otam. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Har yili minglab Oʻzbekistonlik musulmonlar haj amalini ado etib qaytishmoqda. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
arab. – muqaddas joylarni ziyorat qilish; (Makkani, Kaʼbatulloni tavof qilish)
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0