Izohli lug‘at
hajm
ҳажм
Ma’nolari
- Biror jismning boʻy, en va balandlik jihatidan katta-kichikligi; fazoda egal-lab turgan oʻrni (kub birligi bilan oʻl-chanadi).
- Biror idish yoki boʻshliqning qancha narsa sigʻdira olishi, ichining kattalik darajasi; oʻlcham.
- Umuman, narsaning koʻp-ozlik darajasi, miqdori.
Misollar
- Binoning hajmi. n
- Agar hajmini kattaroq qilsam, imoratga kerakli ham-ma boʻyoq va sirlarning xarajatini koʻta-radi. A. — Qahhor — Sarob.
- Fazoning geometrik jism egallab turgan boʻlagining kattaligi shu jismning hajmi deb ataladi. — "Geometriya".
- Yogʻ bankaning hajmi. Qu-duqning hajmi. yaya Tilning koʻtarilishi hamda labning choʻchchayishi bilan ogʻiz boʻsh-ligʻining hajmi oʻzgarib, unli tovushlar oʻziga xos tus oladi. — "Oʻzbek tili" darsligi.
- Ish hajmi. Maqolaning hajmi. shsh Tekshirishda qatnashgan kishi-lar gʻoʻza tuplarining soni, shoxlarining miqdori, hosilning hajmini aniqlab.. chiq-dilar. — I. Rahim — Ixlos.
- Biz, qissamizning hajmi sigʻdirmaganlikdan, uning shaharda-gi yeofdil hayotiga batafsil toʻxtay ol-maymiz. A. — Qodiriy — Obid ketmon.
Kelib chiqishi
a. — miqsor, oʻlchov, shakl
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0