Izohli lug‘at
hakalak
ҳакалак
Ma’nolari
- Bir oyogʻi yoʻq.
- Yerga chizilgan kataklar boʻylab bir oyoqlab sakrab oʻynaladigan bolalar oʻyini.
- Hakalak otmoq Bir oyoqlab irgʻib-irgʻib yurmoq.
Misollar
- Chap oyogʻingiz-ni kesisharmish. Ikki oyoq bilan sizdan koʻr-ganim shu boʻlsa, endi hakalak boʻlganda nima qilardingiz. Bir kamim choʻloq boqishmi-di! — S. Karomatov — Bir tomchi qon.
- Hakalak oʻynamoq.
- Sevar bir oyoqda hakalak otdi, laylak boʻlib uchdi. — S. Abduqahhor — Koʻzlar. Nafsi hakalak otmoq 1) ishtahasi juda ochilib, yeyish, ichishdan oʻzini toʻxtatolmaslik.
- Nafsi hakalak otib ketganda, podadagi ikki-uchta sigirni ushlab, navbati bilan sogʻib ichardi. — N. Qobil — Unutilgan sohillar; 2) oʻziniki qilish, oʻzlashtirishda ishtahasi karnay boʻlmoq.
- Egov va boshqa bir qancha tovarlar-ga ham mudirning hakalak otgan nafsiga javob beradigan darajada ustama narx qoʻyildi. — A. Toʻlaganxoʻjayev — Chigirtkalar.
- Nafsi hakalak otgan Hamro Safoyev birdan dav-lat hisobidan jaraq-jaraq pul undirish payiga tushib ketdi. — "Mushtum".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0