Izohli lug‘at
hali
ҳали
Ma’nolari
- Bundan bir oz ilgari; boya.
- Koʻp vaqt oʻtmasdan, yaqin orada; ha-lizamon.
- Ish-harakat, holatning amalga osh-magan, belgining, belgi-holatning toʻliq darajaga yetmagan vaqtini bildiradi; ho-zircha.
- Hali ham Shu vaqtga qadar; hanuz, xamon.
- Taʼkid, kuchaytiruv bildiradi.
- Takror holda qoʻllanib, ayiruvchi bogʻ-lovchi vazifasida kelib, "goh.. goh", "dam..
- dam" maʼnolarini bildiradi.
Misollar
- -Kanon kelding? -Hali keldim. Hali shu yerda edi. Hali kelib ketgan edi. m
- -Uylaringda kim bor? -Hali kirganimda, dadam bilan Yoʻlchi akam bor edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Men hali uni qoʻshningiz uyidan chiqqan holda koʻrgan edim. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Hali kelsa koʻrarsiz, Kula-kula oʻlarsiz — (maymun). "Topishmokdar".
- Hali oʻgʻillarim ham moldan kelib qolishadi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Tong otishiga hali vaqt erta. Hali xomsan — pisharsan, Bu damingdan tushar-san. — Maqol. n
- Quyosh botgan, lekin kun hali yorugʻ, har yoqqa oqshom sukunati choʻzilgan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Alisher oʻyin-qaroqligi tutdi-yu, hali qurib ulgurmagan nam etikchasini kiya solib, hovliga tushdi. Oʻ. — Usmonov — Sirli sohil.
- -Toʻpqayragʻochga yaqin qoldimi? -Hali bor. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bashirjon trubkani qoʻyarkan, hali ham eshik oldida hadiksirab turgan Zevarxonga qarab jilmaydi. — N. Aminov — Suvarak.
- ..baʼzan dushman samolyotlari paydo boʻlishini hisobga olmaganda, urushdan hali ham darak yoʻq edi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Voy sharmandalar, hali qochirib yubordik deng-lar-a. — N. Fozilov — Diydor.
- Sen pismiqni, hali shoshmay tur.. — E. Raimov — Ajab qish-loq.
- -Hali shunaqami! — dedi va eshikni zarda bilan yopib chiqib ketdi. — "Mushtum".
- Oshni damlab, hali oʻtiribman, hali oʻti-ribman.. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- -Fargʻonaga borgunimizcha hali Shukrullo, hali Mirmuhsinning tanishlari topilaversa, bu yaqinda manzilga yetolmaymiz, — deb Said Ahmad hazillashdi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0