Izohli lug‘at
halqa
ҳалқа
Ma’nolari
- Me-talldan egib, ikki uchini bir-biriga qoʻshib yasaladigan doira shaklidagi buyum.
- Doira shaklida yasalgan, bilak, barmoq yoki quloqqa taqiladigan bezak buyumi. [
- Umuman, doira shaklidagi, doirasimon narsa.
- Qurshov, qurshov doirasi.
- Zanjir va shunga oʻxshash narsalarning oʻzaro bogʻlangan, ularni tashkil etuvchi har bir qismi.
- Oʻzaro bogʻlangan, bogʻlanadigan narsalarning oʻzaro bogʻlanuvchi, bogʻlanish uchun xizmat qiluvchi har bir qismi.
- Maʼlum kishilar toʻdasi; davra, jamoa.
- Yosh halqasi (yoki halqa yosh) Koʻz gʻoʻlasi (soqqasi)da toʻplangan yosh; shunday yosh shakli.
Misollar
- Temir halqa. Eshik halqasi. n
- Ayvon eshigida bir emas, ikkitadan yangi qoqilgan halqalarga koʻzi tushib, taajjublandi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
- Darvoza ochilmadi, Ibodilla uning halqasini urib, taqirlata boshladi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Kumush] Kichkina oltin halqani qutidan olib, qulogʻiga taqdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Avazning yodiga.. barmogʻiga halqa taqqan olakoʻz kimsaning suq nazar ila tikilib turgani keldi. — S. Siyoyev — Yorugʻ-lik.
- Choyxonachi choʻchib, irgʻib turdi, bilagidagi oq halqani yechib uzatdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- ..pichoq shirillagan sayin yupqa piyoz halqalari oldidagi laganchaga tushib turardi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Kel, istasang, oy halqasini qulogʻingga takay, dilbarim.. — E. Vohidov.
- Noib qomchi halqasini bilagiga uzatarkan, Avaz haligi yigitga qarab qoʻydi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Dushman halqani yorib chiqib ketishga jon-jahdi bilan urinardi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Qoraqulov avtomatchilarning kichik guruhi bilan qurshov halqasidan oʻtib, batalonga bordi. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Zanjir halqasi. Kishan halqasi.
- Farzand — bu kelajak, farzand — oʻtgan ajdodlarni kelajak avlodlar bilan abadiy bogʻlaydigan oltin halqa. — K. Yashin — Hamza.
- U tergovni oʻzi olib borgan boʻlsa ham, aybnomani boshqaning ogʻzidan eshitganda, jinoyatlar halqasi koʻziga yana ham mudhishroq koʻrindi. H. Gʻulom — Mashʼal.
- - Qalandarlar halqasiga qabul qilin-gan soatdan boshlab, hushimni yoʻqotgan edim, —dedi Shumbola. — Gʻ. Gʻulom — Shum bola.
- Nodirning koʻzlarida yosh halqasi suzardi. — Sh. Gʻulomov — Yorqin ufqlar. U
- kishi., koʻzlarida halqa-halqa yosh, jimgina kelib, peshonamdan oʻpdilar. — O. Yoqubov — Izlayman.
Kelib chiqishi
a. <CaJL>. — chambar, gardish, gʻil-dirak; toʻgarak; kishilar davrasi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0