Izohli lug‘at
hamiyat
ҳамият
Ma’nolari
- Or-nomusini, qadr-qimmatini pok saqlash tuygʻusi; oriyat.
- Insoniylik his-tuygʻusi; shunday his-tuygʻuli munosabat.
Misollar
- Tamagirlik - inson hamiyatini yerga uradi. — Gazetadan
- [Sharofat] Oʻrtaga tushmoqchi boʻlgan kimnidir yuladi, hamma erkaklarni hamiyatsiz, hamma xotinlarni buzuq, deydi. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlariHamiyatiga tegmoq - hamiyatsizlikda ayblab, vijdonan azoblamoq.
- Uning oxirgi gapi Mansurning hamiyatiga tegdi. — Oʻtkir Hoshimov — Qalbingga quloq sol
- ..kamtarin bir keksadaki shuncha himmat va hamiyat boʻlsa.. ish baror topmasligi ham mumkinmi!? — Hakim Nazir — Mayoq sari
- ..sizning xizmatlaringizni, hamiyatingizni hech vaqt unutmaydilar. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Zamondan zamon oʻtib, ularning [odamlarning] dilida yaxshilik, muruvvat, hamiyat, insofu adolat chirogʻi yonarmikan.. — Sa’dulla Siyoyev — Avaz
Kelib chiqishi
arab. – jaqli tezlik; jizzakilik; gʻayrat, qunt; manmanlik, takabburlik; magʻrurlik
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0