Izohli lug‘at
hamla
ҳамла
Ma’nolari
- . Kimsa yoki narsa ustiga tashlanish.
- . Jang, kurash va shu kabilarda kuch bilan olgʻa tashlanish; hujum.
- . hujum.
- Hamla qilmoq Tashlanmoq, hujum qilmoq.
Misollar
- U bir hamla bilan Sultonning yoqasidan ushlab, oʻziga tortdi. — O. Yoqubov — Larza.
- Tajang boʻlsa, qoplon hamlasi bilan Pismiq giriboniga changsoldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Razvedka maʼlumotiga qaraganda, bu tepalikni bir hamla bilan Qoʻlga olish mumkin emas edi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Bizning hokimlarimiz bir-biri bilan inoq boʻlmagani, birlasha olmagani sababli, katta kuchga ega boʻlgan istilochining hamlasiga dosh bera olmadik. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Uning dasturxondan hamon koʻz uzmay, jim oʻtirganini koʻrib, ochiq hamlaga oʻtdi. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Yoqutoyim eriga quturib hamla qildi, yuziga chang soldi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Navqiron yigitning charchaganini sezgan Temur Malik ustma-ust hamla qilib, yigitni orqaga tisariltira boshladi. — "Saodat".
- Ochiq qolgan markazdan Bobur askarlarining bir qismi alanga tiliday otilib chiqdi-yu, Shayboniyxon turgan tepalikka hamla qilib kela boshladi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
Kelib chiqishi
arab. – intilish; hujum, otilish, tashlanish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0