Izohli lug‘at
hamroh
ҳамроҳ
Ma’nolari
- . Yoʻlda birga boruvchi; yoʻldosh.
- . Ish-faoliyatda, hayotda birga boʻluvchi shaxs.
- . Birga boʻluvchi; birga.
Misollar
- Hamroh boʻlmoq.
- Yarim kecha vaqtida shaharga kiradi, yonidagi tetik hamrohining koʻmagida bir choyxonaga kirib olishga muvaffaq boʻladi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- ..mehmonxonaga qaytayotganimizda, hamrohlardan biri: Temir yoʻl bilan shahar oʻrtasidagi yaydoq maydon qani? — deb soʻradi. — "Uzbekistan qoʻriqlari".
- Har kuni kechga tomon Sobirjonning bolalaridan bittasi Xayribibi oldiga kelib, hamroh boʻlib yotardi. — D. Nuriy — Osmon ustuni.
- Oʻshanda menga oʻkinch doimiy hamroh edi. — "Yoshlik".
- Oybek oʻz qahramonlarini iloji boricha yaxshilik bilan hamroh boʻlishga, doimo ezgu niyat bilan yashashga davat etadi. — "OʻTA".
- Oʻlar vaqtda hamroh boʻlsin imonim. — "Murodxon".
Kelib chiqishi
fors. – yoʻli bir, birga yuruvchi; yoʻldosh
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0