Izohli lug‘at
hangoma
ҳангома
Ma’nolari
- Bir necha kishi oʻrtasida koʻtarinki ruhdagi, shirin, xushchaqchaq suhbat.
- Qiziqarli, kishini hayratga soladigan voqea.
- Hangoma qilmoq hangomalashmoq.
Misollar
- Hangoma qilmoq.
- Yashil uvatlarda zavqli qoʻshiqlar, Shavqli hangomalar boʻlar koʻp shinam. — Gʻ. Gʻulom.
- Quyuq ziyofat, oʻyin-kulgi, hangoma yarim kechagacha davom etdi. — J. Sharipov — Saodat.
- Sodda va samimiy hangoma bilan choy ichilar ekan, daraxtlar orqasidan hoʻngrab yigʻlagan tovush eshitildi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qiziq hangomalar aytib, koʻnglini xush qiladigan kishilar bor edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Shunday qilib, yor-birodar, tramvaylar hangomasi hozircha tura tursin, endi gapni birinchi avtobazadan eshiting. — "Mushtum".
- Enang koʻchada tuqqanmi, bu nima hangoma! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shahar sanoat korxonalarini gazlashtirishdagi hangomalarni gapirib, taʼbni xufton qilmay qoʻya qolaylik. — "Mushtum".
- U-bu toʻgʻrisida birpas hangoma qilib Oʻsarjon joʻnarkan, Dadamat uni peshinda bedana palovga taklif etdi. — Oybek — O.v. shabadalar.
- ..Iloji boʻlsa, ishni qoʻyib, hangoma qilgimiz keladi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
Kelib chiqishi
fors. — olomon, yigʻin; gurunglashish, xushchaqchaq suhbat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0