ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

haqq

ҳаққ

Ma’nolari

  1. Haqi-qiy holatga mos; haqqoniy, rost. Har zamon "haq gap", "toʻgʻri" degan tovushlar eshiti-lar, qarsak koʻtarilar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Haq gapni gapirdingiz, amirzodam, juda haq! Ona rozi — xudo rozi.. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
  2. Haqiqiy holat; haqiqat. Haq joyiga qaror topdi. m
  3. Shaxs bildiruvchi soʻzlar bilan qoʻl-lanib, haqiqatning shu soʻz bildirgan shaxs tomonida ekanini bildiradi. Men ham, Sultonov ham haq boʻlib chiqdik. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli. Mahkam Zikir bilan toʻqnashuvda oʻzining haq ekanligiga ishonchi komil.. P. Qodirov, Uch ildiz. Har kasbdagi odamlar xat yozishibdi-yu, aksariyati Sobir-ni haq, xotinini nohaq, deb koʻrsatishibdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
  4. Biror narsa, ish-harakat uchun qonu-niy boʻlgan, talab, tartib-qoidaga toʻgʻri keladigan asos, erk-imkoniyat; huquq. Uning pensiya olishga haqi bor. Sizni ayblashga hech kimning haqi yoʻq. n Raisning magʻrurla-nishga haqi bor. Paxta — oʻzbek xalqining millii iftixori. N. Safarov, Olovli iz-lar. Ahmad hali oʻzini Rahim akalar qatori-ga qoʻshishga haqi yoʻq deb hisoblar, xiralik qshshay, oʻzini chetga tortib yurardi. F. Mu-sajonov, Himmat.
  5. Huquq, qonun va sh.k yuzasidan biror kimsa yoki narsaga tegishli hissa, toʻlana-digan yoki olinadigan narsa. Elektr haqi. Kvartira haqi. sht Koʻrinishdan shunday moʻmin, goʻyo buzoqning haqi bor, deb sigir-ning sutini ichmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi. Misha, bergan sutim haqi qutqar, oʻlaman! "Mushtum". Zavod Gʻiyosiddin tilmochning no-miga oʻtgan, oqsoqolning unda endi qonuniy haqi yoʻq. S. Ahmad, Hukm.
  6. Ish, mehnat, xizmat evaziga toʻlana-digan, olinadigan pul yoki boshqa narsa. Xizmat haqi. Ish haqi. n Akamni shuncha yil ishlatib, haqini bermadingiz. Oybek, Tanlangan asarlar. Ochdan oʻlmaslik uchun ertadan kechgacha kir yuvib, haqiga bir kosa kepak olib, non qilib yegan. P. Tursun, Oʻqi-tuvchi. Odamlarni ishlatib haq toʻlash, in-shoot uchun gishtu ganch, yogʻochlarni keltirish uning zimmasida. Mirmuhsin, Meʼmor.
  7. din. Xudo, olloh, tangri, parvardigor (xudoning sifatlaridan biri).
  8. (3-sh. egalik shaklida — haqi, haqqi) Biror ran, fikrning oʻzi boglanib kelgan soʻz anglatgan shaxe, narsa va shu kabilarni oʻrtaga qoʻyib aytilayotgani maʼnosini bildiradi. Kuying!.. Xudo haqi, tegmang.'U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Mana shu Qurʼon haqi, yoʻldan ozganlarni qatl qilish.. savobi azim-dir. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman.
  9. (egalik va oʻ.-p. k. shaklida — haqida) koʻm. vazifasida. Qaratilganlik munosabatini bildiradi; toʻgʻrisida, toʻgʻrida. Paxta pla-nining bajarilishi haqida maʼlumot. 06-havo haqida maʼlumot. Majlisda sen ha-qingda yaxshi gaplar aytildi. n Front gazetasida Hasanov haqida yozilgan bir xabar hamisha choʻntagimda. T. Rustamov, Mangu jasorat.
  10. Haq deb Biror narsaning yuz berishi, amalga oshuvini kutish, ilinjida boʻlish holatini bildiradi. ..uyiga kelsa-yu, koʻcha eshikda haq deb oʻtirgan rahmatlik onasiga yoʻliqsa.. ona unga savagʻich olib yugursa, nima boʻlardi?R. Fayziy, Hazrati inson. Fashist-ning snayperi ham quduqni nishonga olib, tun-kun haq deb kutardi. T. Rustamov, Mangu jasorat.

Misollar

Kelib chiqishi

a. joo. — toʻgʻri, rost, chin, haq-qoniy; huquq; adolat; maj. xudo

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish