Izohli lug‘at
har
ҳар
Ma’nolari
- belg. olm. 1 Shaxs yoki narsalarni, ularning belgisi, harakati va b. jihatdan boʻlgan turidan ajratib (yakkalab) koʻrsatadi, shu tarzda belgilaydi.
- Har qalay Gʻ1ima boʻlsa (boʻlganda) ham.
- Soʻroq olmoshlari va bir, narsa kabi baʼzi soʻzlar bilan birikib, belgilash olmoshining umumlashtiruvchi turiga man-sub olmoshlarni hosil qiladi.
- Vaqt, joy-makon bildiruvchi baʼzi soʻzlar bilan birikib, qoʻshma soʻzlar hosil qiladi:
Misollar
- Har toʻkisda bir ayb. — Maqol. n
- Demak, bekor boʻlmabdi qurbon, Har qurbonga boʻlsin sharafshon! — H. Olimjon.
- Hoji boʻlsa, har besh daqiqada ichkari tomonga quloq solib toʻxtar.. edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Roʻzimboy elliklarni qoralagan, basavlat, har bilagi kelisopday polvon kishi edi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Fotima yangi ketmon bilan yer chopar, har urganda, yerning kindigini uzib olaman derdi. — T. Ashurov — Oq ot.
- Alamdanmi yoki yigitlik gʻururi ustun kel-dimi, har qalay, bir nafas bilan togʻoraga solib oldim. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Lunjiga tushirgan boʻlsa kerak. Har qalay, shundan keyin Umri meni koʻrganida, koʻchaning u betiga oʻtib ketadigan boʻlib qoldi. — A. Qahhor — Asarlar.
- Boya yangalari qosh-koʻzlari-ga surma tortib, yonogʻiga surma surtga-nidanmi, yo shuncha odam unga tikilib ha-vaslanganidan uyalganigami, har qalay, yuz-lari lov-lov yonardi. — R. Rahmon — Mehr koʻz-da. Har hodda ayn. har qalay.
- Har holda, Toshkent aholisi Azizbek istibdodidan or-tiq toʻydi, kimdan koʻmak soʻrashni ham bilmaydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Har holda, bu oddiy hol emas. — O. Moʻminov — Xiyo-bondagi uch uchrashuv.
- Har qanday tasodifning oldini olish kerak-da! — O. Moʻ-minov — Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Tilak ti-lar el duosida: Har qaysingiz boʻling mingga bosh. — H. Olimjon.
- Yomon odam boʻlsangiz, meni har nima qilishingiz qoʻlingizdan kelar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- -Har kim oʻqiyversa, podani kim boqadi? — dedi ach-chiqlanib Mirzakarimboy. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Xaydar ota, har nima boʻlsa ham Ultarmaga borib, [Asrorqulni] koʻrib kelay, deb yoʻlga chiqdi. — A. Qahhor — Asror bobo.
- har doim, har gal, har safar, har zamon — va b. XaR vaqt juda ehtiyot boʻlib muoma/ia qilar edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Xar zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovu-shieshitiladi. A. Qehhor, Bemor. [Gulnor\ XaR gal kampir bilan yolgʻiz qolarkan, darrov qizning holini soʻrardi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Sayhonlikni oʻrmon har yoqdan oʻrab olgandi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
Kelib chiqishi
\f. jjk — har; har qanday, istagan, har qaysi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0