Izohli lug‘at
haram
ҳарам
Ma’nolari
- . Muqaddas deb ajratib qoʻyilgan, kirish taqiqlangan joy Makka shaxrida Muhammad paygʻambarning maqbarasi).
- . Hovlining ayollar uchun ajratib qoʻyilgan qismi, ichkari (asosan, oliy, yuqori mansabdorlar xonadonlarida).
- Haram ogʻasi Haramdagi xotin-qizlarni kuzatib yuruvchi bichilgan qul.
Misollar
- Xon aʼyonlarga ruxsat berib, haramga kirgan, oʻrdaning kunduzlik xodimlari tarqalishib, faqat kecha beklari, xon soqchilari, doimiy xodimlar qolgan edilar. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Goʻroʻgʻli ana shunday nasihatlarni qilib, oʻzi haram sari qarab ketdi. — "Gulixiromon".
- U bir necha kun haram ichidagi hujrada yotadi. Oʻziga kelgach, shu hovlida haram ogʻasi boʻlib ishlab yuradi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
Kelib chiqishi
arab. – xos, begonalar kirishi man etilgan joy; muqaddas, aziz joy; xotinlar; ayollar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0