Izohli lug‘at
haromzoda
ҳаромзода
Ma’nolari
- [a. + f. — harom-
- dan, nikohsiz tugʻilgan] 1 ayn. haromi.
- koʻchma kam qoʻll. Oʻz jinsi, zotidan boʻlmagan; begona (narsalar haqida).
Misollar
- -Qoch, haromzoda! — deb Sultonga tahdid qilardi Boʻronbek. H. Gʻulom, Mashʼal. [Qutidorning]
- Koʻz oʻnglari qorongʻilanib, bir necha vaqt serraygancha qoldi. Yana "yaxshilikni bilmagan haromzoda!" deb qoʻydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- ..tuzingni ichib, tuzlugʻingga tupu-raman, degin.. Haromzodalarning yoʻliga tush-dingmi? — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Tosh-oynaning oldiga oʻtirib olib, moʻychinak bilan soqol-moʻylovining haromzoda tuklari-ni yuldi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
- Baʼzi joylarni baland boʻyli gʻumaylar bosib, haligi "haromzoda"larni ham koʻrib boʻl-maydi. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0