Izohli lug‘at
havola
ҳавола
Ma’nolari
- Izm-ixtiyoriga topshirish, zimmasida boʻlish.
- Fikr, mulohaza va shu kabilar haqida maʼ-lumot uchun biror manbaga qarashga undash, shu manbani koʻrsatish.
- Havola qilmoq (yoki etmoq) 1) ixtiyoriga topshirmoq, zimmasiga yuklamoq.
Misollar
- Har kimning soʻzi, qilmishi qalbiga, vijdoniga havola. — A. Muhiddin — H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz.
- Mana bu kreslo ham sizga havola. Men-ga bir oddiyroq stul bersangiz boʻladi.. — J. Abdullaxonov — Toʻfon.
- Qoʻshimcha maʼlumot uchun sahifa oxirida tegishli adabiyotlar-ga havolalar berilgan.
- Bu odamga qanday vazifa berishni oʻzlaringga havola qilamiz.. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- ..Narzi togʻa oʻzini taqdirning hukmiga havola qilganicha, indamay eshakni qistar-di. — "Sharq yulduzi".
- Kelinglar, ixtiro boʻli-mi xulosasini ministrlikka havola qilay-lik. J. Abdullaxonov, Toʻfon; 2) maʼlumot uchun zarur manba (adabiyot) ni koʻrsatmoq, unga diqqatni qaratmoq (q. havola 2); 3) kom qoʻll. yuqori koʻtarmoq, oʻqtalmoq, koʻrsat-moq.
- ..butun kuchini ishga solib, uni bir yoqli qilish uchun qoʻlini havola qilgan edi, nogoh qoʻlini nimadir omburday qisib, havoda muallaq ushlab qoldi.. — K. Yashin — Hamza.
- ..qoʻrqitarga boshi uzra qamchi havola et-dim. — T. Murod — Ot kishnagan oqshom.
- Devor tepasida.. qoʻlida yaltiroq narsani havola qilib turardi. — K. Yashin — Hamza.
Kelib chiqishi
a. 4-11>a. — pul oʻtkazish, top-shirish; chek, veksel
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0