Izohli lug‘at
hayqiriq
ҳайқириқ
Ma’nolari
- Shodlik, hayajon, gʻazab, azob kabi kuchli tuygʻularni, shuningdek, chaqiriq, haydash kabilarni ifodalaydi-gan qattiq ovoz, nido.
- Jonsiz narsalarning shiddat-li harakatidan paydo boʻladigan qattiq ovoz haqida.
Misollar
- "Ura" hayqiriqla-ri yeru koʻkni titratdi. n
- -Yolgʻon! — Gʻulomjon dahshatli bir hayqiriq bilan qichqirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Bu dardli hayqiriq Nigoraning qulogʻiga yetib, yuragini oʻynatib yubordi. — S. Anorboyev — Oq-soy. Qudrat ajablanganicha eshik tomon yurgan edi, koʻcha tomondan podachining: -Hay-do-o!.. degan choʻziq hayqirigʻi eshitildi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar. Qoʻylar choʻpon-larning hayqirigʻi bilan quduq tomon yur-di. A. Hakimov, Ilon izidan.
- Daryoning hayqirigʻi. Parovozning hayqirigʻi. Hayqiriq solmoq. yai Hamla kalgan qoʻshin singari Kumush yolli toʻlqinlar yelar. Boʻronlarning hayqirigʻidan Naximov-ning ovozi kelar. — Uygʻun.
- Bahorda u [soy] ham-ma yoqqa hayqiriq solib oqadi. — Y. Sham sharov — Dovrugʻ.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0