Izohli lug‘at
hayratomuz
ҳайратомуз
Ma’nolari
- . Kishini hayratga soladigan, hayron qoldiradigan, taajjublantiradigan.
- . Hayrat ifodali, hayratli holda.
Misollar
- Navkarlarning hayratomuz hozirjavobligiga Qurbon qoyil qoldi. — Sh. Xolmirzayev — Qil koʻprik.
- Bola xotirasining hayratomuz oʻsayotgani katta-kichikni tong qoldira boshladi. — Gazetadan.
- Usta Shirinlarning meʼmorchilik sanʼati oʻz goʻzalligi bilan hayratomuzdir. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Koʻp shaharlarni bilar ekansiz, — dedi Meʼmor hayratomuz.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Vali tabiat qoʻli bilan yasalgan haykalga hayratomuz tikildi. — S. Karomatov — Bir tomchi qon.
Kelib chiqishi
arab. + fors. – hayrat ifodali, hayron qiluvchi
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0