Izohli lug‘at
hazin
ҳазин
Ma’nolari
- Gʻam-qaygʻu ifodali; mungli, ezgin.
Misollar
- Yurakni zir titratadigan bu hazin qoʻshiq tobora avjga chiqib, sultonning yuragiga gʻuluv solmoqda edi. — O. Yoqubov — Koʻhna dunyo.
- Xonani hazin yoqimli "Choʻli iroq" kuyi oʻz sehriga oldi. — L. Tojiyeva — Mehrim sizga, odamlar.
- Zumradning hazin ovozi yurakni qiymalardi.. — S. Zunnunova — Gulxan.
Kelib chiqishi
arab. – qaygʻuli, gʻamgin, mungli
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0