Izohli lug‘at
hijriy
ҳижрий
Ma’nolari
- Hijra(t)ga, musulmon yil hisobiga tegishli. Hijriy yil hisobi.
Misollar
- Men abjad hisobini bilganim uchun u sheʼrdagi tarix moddasini hisoblab koʻrdim. Haqiqatan ham undan oʻsha yilning sanasi boʻlgan hijriy 1303 chiqardi. — S. Ayniy — Esdaliklar.
- Oʻng tomondagi toshga arab alifbesining qadimgi imlosida yirik qilib "Maʼrifatxon jannatmakon" deb yozilgan va hijriy bilan "1335", deb tarix qoʻyilgan edi. — A. Qahhor — Xotinlar.
Kelib chiqishi
a. هِجْرِيّ
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0