Izohli lug‘at
hijron
ҳижрон
Ma’nolari
- fa. ^1 - tashlab, qoldirib ketish; ajralish, vidolashish; ayriliq]
- poet. Ayriliq, judolik, firoq.
Misollar
- Bulbul ketdi, gul qoldi, Oʻrtaga tushdi hijron. Yigit ham sogʻinadi, Yor bagʻri loladek qon. — H. Olimjon.
- Baxtiyor sevgini kuylardi sozim, Oʻlim xanjariga tegdi-yu sindi, Hijron faryodiday sovuq ovozim, Nahot lirikaning yolqini tindi? — Zulfiya.
- Bir yigit hijroni baʼzan otaning Bagʻrini, doʻstlarim, dogʻ-dogʻ oʻrtar. — Gʻ. Gʻulom.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0