Izohli lug‘at
hisob
ҳисоб
Ma’nolari
- Son, miqsorni bel-gilash uchun raqamlab atash; sanoq, sanash.
- Hisobda boʻlgani; miqdor, sanoq.
- Oʻrta hisobda Oʻrtacha hisob bilan ayt-ganda.
- Kimsa yoki narsalarning mavjud-ligini, miqdorini belgilash roʻyxatidagi, unda qayd etiluvchi majmui; qayd etiluv-chilar (etilganlar), borlar guruhi, qatori.
- Hisob daftari 1) shaxs, narsa yoki son-miqdor qatori qayd etiluvchi daftar.
- ayn. hisob-kitob 5.
- Hisob qilmoq ayn. hisob-kitob qilmoq q. hisob-kitob 1. U
- Oʻzaro kelishuv, bitimga koʻra oli-nadigan ulush, haq.
- (asosan egalik, j.k. va ch.k. qoʻshimcha-lari bshshn) Kimsa, jamoa va b. tasarrufi-da, uning ixtiyorida boʻlgan narsa, moddiy boylik, oziq-ovqat, pul va sh.k.
- Koʻpchilikka yoki kimsaga qilingan, boʻlgan ishlar haqida beriladigan maʼlu-mot.
- kam qoʻll. ayn. hisobot.
- esk. ayn. arifmetika.
- maxe. Hisoblash, hisoblab chiqish na-tijasi. Baʼzan u uzundan-uzoq handasaviy hi-soblarni qo/ozga yozib qolar, yana oʻychanlik bilan qamish qalam orqasini gʻajiy boshlar-di. Mirmuhsin, Meʼmor.
- I Biror narsa uchun toʻlanadigan pul summasi qayd etilgan hujjat.
- bux. Biror muassasa, tashkilot va shu kabilarda buxgalteriya ish-muomalasini olib borish (yuritish) uchun xizmat qiluvchi moliyaviy operatsiya, shuningdek, hujjat-lar.
- Sport oʻyinida tomonlar ochkosini belgilovchi raqamlar (raqamlarda ifoda-lanuvchi sonlar) nisbati.
- Hisobni ochmoq Oʻyinda birinchi boʻlib 1 raqami bilan qayd etiluvchi amalni ba-jarmoq. Maye., birinchi toʻpni kiritmoq.
- Gap oxirida (kesim tarkibida) "desa boʻlgudek", "deyarli" maʼnosini bildiradi.
- Biror ish, xatti-harakatning qano-atlanarliligini, oʻrniga oʻtishini bildiradi.
- Iloj, chora; imkoniyat.
- folk. Nima qilish, ish-faoliyat rejasi, ish olib borish yoʻli.
- (3-sh. egalik va j.k. shaklida — hi-sobiga) koʻm. vazifasida. Asos, sabab, qarashlilik kabi munosabatlarni ifodalaydi; evaziga, uchun, tufayli.
- Bir hisobda Boshqa tomondan olib qaraganda; bir jihatdan.
Misollar
- Ogʻzaki hisob. Hisobda yanglishmoq. m
- Yaso-vulboshi hisobidan yanglishmay, oʻlim kal-tagini sanaydi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Qirmoq-daman fashist oʻgʻrini, Hisobimda hozir yuz oʻttiz. — R. Bobojon.
- Sening hisobingga toʻgʻri keladimi ? Agar olgan hisobimiz toʻgʻri chiqsa, bu gal uning [ Otabekning] Margʻilonga quruq qatnab yurishining yettinchi qaytasi edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Ha-sharda qatnashayotganlarning hisobi. Fer-madagi qoʻylarning hisobi. Olarda hisobi — toʻqqiz, Berarda sanogʻi — oʻttiz. Maqol.
- shsh Rus shaharlariga borib savdo qiluvchilar Turkistonda juda oz hisobda boʻlib.. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Jamoa oʻrta hisobda yigirma besh sentnerdan hosil oladi. — Hisobga olmoq 1) hisobini — miqsorini belgilamoq.
- Majlis qatnashchilarini hisobga oldim — ; 2) hisob-dagilar qatoriga kiritmoq — hisobga qoʻsh-moq; hisoblamoq.
- Aka-uka Hasanbek, Husan-bek, tomda ishlayotgan gurji va pastdagi ikki yigitni hisobga olmaganda, qurilishda odam yoʻq edi. — Mirmuhsin — Meʼmor; 3) eʼ-tiborda tutmoq, eʼtiborga olmoq.
- Samarkand hokimi etib tayinlangan amirzoda-ning gʻoyatda yosh ekanini hisobga olib.. shoh Malik Tarxonni unga maslahatgoʻy va hi-moyachi etibtayishadi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- ..rektorat ham uning ikkita imtihondan "qarzi" borligini hisobga olib, bu qarorni tasdiqlagandi. — Oʻ. Hoshimov; Qalbingga quloq sol. Hisobi yoʻq Son-sanogʻini belgilab boʻlmaydigan (belgilash qiyin) miqdorda, juda ham koʻp; behisob, hisobsiz.
- Xizmat qilar hisobi yoʻq sipoyi.. — "Bahrom va Gu-landom".
- ..bir tomondan kirib kelayotgan-larning hisobi yoʻq. — K. Yashin — Hamza. Hiso-biga yetmoq (asosan, boʻlishsiz shaklda) Son-miqsorini belgilamoq.
- Qiitoq kulbalari-ning cheti koʻrinmas, hovlilarning hisobiga yetib boʻlmasdi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Inventar hisobi. Hisobga kiritmoq. Hi-sobdan chiqarilmoq. yat Hali bu hisobga fu-qarodan oʻldirilgan bechoralar kirmaydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Boyagisi oʻn bitta-midi? Mana shu soʻnggisini hisobga yozing.. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- U tirmashib, xirmonga chiqa boshladi.. tarozi yonida turgan Talʼat uni koʻrib qoldi she-killi, hisob daftarini paxta ustiga tash-lab, chopib keldi.. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol; 2) sarf-xarajat, tushum va sh.k. lar qayd etilgan daftar. -Hay, mayli.. men-da odamgarchilik bor, —
- deydi-da, hisob daftari bilan choʻtni oladi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- U[Otabek]oʻzining dushmanlarini oʻldirish uchungina Margʻilonga qatnab yurgan ekan, hisobini tugatdi-da, bedarak ketdi-qoldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- savdogarni oʻz huzuringizga olib kelib, hisobni oʻzingiz qilganingiz xoʻbroqdir. — "Boʻtakoʻz".
- Margʻilondan arava mi-nib keluvchi yol/gangan kishi boʻlib, Toshkent-ga kelishining ertasi kuni hisobini olgan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Gapning qis-qasi, oʻzga xalqlar hisobiga yashadi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Endi komandirovkaga ham oʻz hisobingizdan borib kelasizmi? — S. Nurov — Narvon.
- Keyin qoʻli bilan peshonasini siqdi-da, hisob berishga boshladi.. qaltiragan koʻllari bilan choʻt qoqdi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Otni bir oz sovitdim, beda soldim, —
- Krbshx, birov undan: "Nima qilib yuribsan?" deb soʻrayotganday, hisob berdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Mehmonxonalardan biri-da Mirzakarimboy oʻz gumashtasidan hisob olar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Rahbarning yarim yillik hisobi. m
- Mening ikki oyogʻimni bir etikka tiqib, hisobimni qoʻyishlari mum-kin. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Yangi maktablar ochib, Qurʼoni karim va boshqa diniy dars-lar bilan birga, jugʻrofiya, tarix, hisob kabi ilmlarni ham talim beraylik. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ikkinchi darsda Zohidov degan yoshgina.. bir yigit hisobdan dars berdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Har bir stu-dent-qurilish otryadida iqtisod va ham-korlik shaxeiy hisoblari ochilgan. — Gazetadan.
- Oʻyinda hisobteng-lashdi — 2:2. Bu gal 5:2 hisobi bilan meh-monlar gʻalaba qilishdi.
- Oʻyinning oʻttiz toʻqqizinchi minutida Boqi hisobni ochgan edi. — R. Azizxoʻjayev — Yashil chayla.
- Gaz quritadigan sakkizta nasosning ham-masi montaj qilib boʻlindi hisob. — Gazetadan.
- Na xotin, na bola-chaqa. Dunyodan toq oʻtdik hisob. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Elchiyev Roʻziyev bilan unchalik yaqin emas, osh-qatiq boʻlgan joyi ham yoʻq hisob. — E. Aʼzam — Javob.
- Oyogʻingizga qoʻy soʻysak arziydi, Yusuf-jon aka. Bu hisob emas, hovliga boramiz.. — K. Yashin — Hamza.
- Daryodan oʻtishning hisobi bormi? m
- Qaytay desam — quvadi, oʻtib ketishning sira hisobi yoʻq.. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Dardim ichimda. Bir oldingizga borib, yuragimni yozib kelaman deyman, sira hisobini qilolmay-man. — R. Fayziy — Hazrati inson.
- Bu soʻzni qiz eshitib, aqlini yitirib, hisobini yitirib, shoshib qoldi. — "Murodxon".
- Katta mehnat hisobiga shunday natijalarga erishildi. n
- Bu yil uzumdan birinchi marotaba davlat hisobi-ga hosil yigʻib olindi. — "Oʻzbekiston qoʻriq-lari".
- Ogʻir minutlarda biz faqat soldat-larimizning mardligi va qatʼiyligi hisobi-ga dushmanni tutib turardik. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Bir hisobda, ayt-maganimiz durust boʻldi. shsh Bir hisobda, dadamning uxlab qolgani menga yaxshi boʻldi. "Pobeda"da bir oʻzim maza qilib keta-man.. — S. Ahmad — Choʻl burguti.
Kelib chiqishi
a. 1-.1 ,,.- — hisoblash, hisoblab, sanab chiqish; sanoq; hisob-kitob; yakun chiqarish, hisobot
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0