Izohli lug‘at
hisob-kitob
ҳисоб-китоб
Ma’nolari
- Bajarilgan ish, xizmat uchun qilingan sarf-xarajat va toʻla-nadigan haqning hisobi. ..shu kungacha baʼ-zilarning haqiga xiyonat qilindi. Hisob-kitobda ular oʻz haqlarini talab etadi-lar. Mirmuhsin, Meʼmor.
- nihoyat, besh qadoqcha xashaki oʻrik undirib qaytadi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Hisob-kitob qilmoq Shunday hisobni amalga oshirmoq, hisoblamoq.
- Kirim-chiqim, daromad va xarajatlar hisobini qilish; hisoblash.
- Shunday hisob ishlarini olib borish va qayd etish, shuningdek, qayd etilgan hujjat. Hisob-kitob iixlaridagi chatoqlik-lari tufayli buxgalter Mayusuf ishdan boʻshab ketdi. "Mushtum".
- Umuman, biror narsa haqida olib borilgan ishlar hisobi, hisob natijalari. Hisob-kitoblarga koʻra.. bunday chiqindilar miqdori 1980 iilga borib yiliga 30 million tonna, Oʻzbekistonda esa Olmaliq, Samarkand va Qoʻqondagi oʻgʻit zavodlari chiqin-disi sakkiz million tonnani tashkil etadi. "Fan va turmush".
- Oʻzaro munosabat, uni bir yoqli qilish.
- Hisob-kitob qilmoq 1) bir yoqli qil-moq, hisoblashmoq.
Misollar
- -Shartnomani bajardik, xoʻjayin, endi hisob-kitob.. — dedi sekingina. — J. Sharipov — Xorazm.
- Qut-biniso boyning hisob-kitobini tinglab..
- Qiz mashi-nadan tushib, shofer bilan hisob-kitob qilayotib, kulib qoʻydi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar. Harasa, kabobpaz yigit: -Hi-sob-kitobni qiling-u, ulfatingiz bilan daf boʻling, — deb turibdi. "Guldasta".
- Mirhosil daryo boʻyidagi brezent chodirda yolgʻiz choʻt qoqar, hisob-kitob bilan mashgʻul edi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Jamoaning hisob-kitob ishlarini olib borishga sizday oʻqi-mishli kishilar kerak. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Ruhingiz shod boʻlsin, qurbon boʻlgan-lar, Keldi yov-la hisob-kitob onimiz. — V. Zo-hidov — Hayotbaxsh badiiyat taronalari.
- Bol-sheviklar bilan hisob-kitobni tugatamiz! — N. Safarov — Tanlangan asarlar.
- Dushman bilan hisob-kitob qiladigan vaqt yetdi; — 2) ishdan boʻ-shamoq.
- Munira tugʻuruqxonadaligida Ahmad ishxonasiga borib, uzil-kesil hisob-kitob qilib keldi. — F. Musajonov — Himmat. Hisob-kitobini olmoq ayn. hisob-kitob qilmoq 2.
- Mahkamovning otpuskasi tugashi bilan unga "hisob-kitobingni ol", deyishdi. — "Mushtum".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0