Izohli lug‘at
hodisa
ҳодиса
Ma’nolari
- [a. — voqea; mojaro
- baxtsiz voqea; holat] 1 Tabiatda, jamiyat hayotida yuz beradigan oʻzgarish.
- Biror narsaning voqelanishi, voqe-lanish fakti.
Misollar
- Mudhish hodisa. Quvonchli hodisa. Baxtsiz hodisa. Kutilmagan hodisa. n
- Hodisa roʻy bergan joyga zudlik bilan yetib borgan operativ guruh aybdorlarni topmadi. — Gazetadan.
- "Boburnoma"ni varaqlar ekansiz.. tabiiy hodisalar tasviriga duch kelasiz. — "Fan va turmush".
- Yoshi yigirma ikkiga qadam qoʻyganda, Beruniyni ham hodisalar seli yumalatib, oʻzi bilan birga janubga olib ketdi. — M. Osim — Jayhun ustida bulutlar.
- Bular endi bir hovlida turish emas, bir uyda yotib qolishni ham birovning eʼtiborini jalb qshshdigan hodisa deb bilishmas edi. A. — Qaqhor — Qoʻshchinor chirokdar.
- Qishdan keyin bahorning keli-shi obyektiv hodisa. n
- Soʻz boʻgʻinlaridan birining yoki gapdagi soʻzlardan birining ajratib, kuchli talaffuz etilishi hodisa-si urgʻu deyiladi. — "Oʻzbek tili" darsligi.
- Bir jismdan chiqib tarqalgan tovushning boshqa jismga urilib, tebranish hosil qilishi rezonans hodisasi deb ataladi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0