Izohli lug‘at
hojatmand
ҳожатманд
Ma’nolari
- Ehtiyoji, talabi bor (odam).
Misollar
- Bugun juma hamma hunarmand, hojatmandlarni tirikchilik gʻami bozorga quvgan edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- [Abu Siroj] Har kuni ertadan kechgacha koʻchama-koʻcha izgʻib, hojatmandlarning xizmatini qilib, choychaqa topadi. — R. Rahmonov — Oʻlik baliq.
Kelib chiqishi
arab. – ehtiyojli, muhtoj
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0