Izohli lug‘at
hokimlik
ҳокимлик
Ma’nolari
- Hokim ishi, vazifasi; shu vazifaga mansub, tegishli.
- Hokim, hukmron holati; hukmronlik (toʻgʻri va koʻchma maʼnoda). Zamon ishchi, deh-qon zamoni boʻlib, chinovniklarning hokimli-gi, yerlik xalqning mahkumligi bitgan. Gazetadan.
- Oʻzbekiston Respublikasida: viloyat, shahar, tuman boshqaruv organlari va ular oʻrnashgan joy. Shahar hokimligidan vakil-lar keldi.
- Hokimlik qilmoq 1) hokim lavozimida ishlamoq, hokim vazifasini bajarmoq.
- pʼsh. Oʻzaro aloqa (bogʻlanish)da biror qismninghokim vaziyati; zid. tobelik. Mac., keng koʻcha, beshinchi xona birikmalaridagi koʻcha, xona soʻzlarining vaziyati.
Misollar
- Hokimlikli-bosi. m Yusufbek hoji: -Mening birinchi xolis tilagim, stbatta, mazlum xalq ti-lidan boʻladir; bundan soʻng Toshkent ho-kimligiga har qanday boʻlmagʻur odam qoʻ-yilmasin! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Temu rbe k, mulozimlari qurshovida borib, ho-kimlik taxtiga oʻtirdi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab.
- Rashkli alam oʻyi hokimlikni oʻz qoʻliga oldi. — M. Karimov — Seni deyman, jonim.
- Xullas, har qaysisi oʻzi hokimlik qilayot-gan oʻlkada fan va sanʼat, obodonchilik ish-lariga eʼtibor berardilar. Mirmuhsin, Meʼmor; 2) hokim, hukmron holatida boʻlmoq (q. hokimlik 2).
- Uydan chiqqanidan beri taniga hokimlik qilib kelayotgan karaxt-lik shu onning oʻzidayoq gʻoyib boʻldi-qoldi. — S. Ahmad — Ufq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0