Izohli lug‘at
holva
ҳолва
Ma’nolari
- Un, shakar va yogʻdan, baʼzan kunjut, magʻiz qoʻshib tayyorlangan shirinlik, qandolat.
- Qiyos mazmunli gaplarda fikr yuritilayotgan narsa, ish, voqea-hodisaning boshqasiga (qiyoslanayotganiga) nisbatan yomon (hech ran) emasligi, undan durust, chidasa boʻladigan ekanligi kabi maʼnolar-ni bildiradi.
- Suvdan holva yasamoq Boʻlmaydigan ishga urinmoq, bekorga urinmoq. Mamlakatdan chet el kapitalini sitib chsharmasdan tu-rib.. xalqni qattiq oyoqqa bostirish —
Misollar
- Pashmak holva. m
- Ara-va-arava un, guruch, qogx-qogx bodom, xxisxpa, kajavalarda holvalar, qirq-ellik katta-kichik yashikda har xil mevalar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ashxanib, uyda qolgan ju-junushriga qand-qurs, holva, pufak olmvqchi boʻldi. — N. Aminov — Qaltis xato.
- Hali bu-ku holva, qamoqxo-nadagi — yakka kameradagi yolgʻizlikdan hudo-ning oʻzi asrasin! N. Aminov, Yolgʻonchi fa-rishtalar.
- Mening gunohim oldida sizniki holva-ku.. — "Mushtum".
- Namangan viloyatiga oʻtdim. Fargʻonadagi mashmashalar holva ekan. — "Mushtum".
- Trassadagi shovqin-suron buning oldida holva ekan. J. Abdullaxonov, Toʻfon
- suv-dan holva yasayman, deyish bilan baravar. — S. Akbariy — Sevgi bilan tirilgan yurak. Oʻgʻilmi, holva? etn. Oʻgʻilmi-qizmi? — yangi tugʻilgan bola haqida beriladigan savol (qiz unashilganda, kuyov tomondan qiz tomonga yuboriladigan sovgʻalarga holva qoʻshib yubo-rish odat boʻlgani uchun shunday deyiladi).
- Hasanali ham iljayib, yonchiq kovlashga tutindi va: -Oʻgʻilmi, holva? — deb soʻradi xotinidan. -Oʻgʻil! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Holva degan bilan ogʻiz chuchimaydi Qu-ruq ran bilan maqsad amalga oshmaydi.
- Darhaqiqat, holva degan bilan ogʻiz chuchi-maydi-da.. Xalq — omi.. bizning maʼrifat haqidagi gaplarimiz ularning qulogʻiga ki-rishiga uncha ishonmayman. — K. Yashin — Hamza.
Kelib chiqishi
ya. jl=>. — shirinlik; qandolat mahsuloti
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0