Izohli lug‘at
hovuch
ҳовуч
Ma’nolari
- Bir qoʻl barmoqlarini bukib, shuningdek, ikki qoʻlning kaft va barmoq-larini yonma-yon birlashtirib, barmokdar-ni bukib, chuqurcha qilingan holati.
- Hovuchga sigʻarli miqdorni bildiradi.
- Bir hovuch Miqdori, hajmi juda oz boʻlgan.
Misollar
- "Hi-hi", yana radio karnayi ostida hovuchini qulogʻiga qoʻyib tinglaydi. — A. Qahhor — Hi-hi.
- Xoʻjayin soqolini bir nafas hovuchiga olib turib, kinoyali jilmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Dalavoy katta-katta qoʻllarini hovuch qilgancha, Bekka choʻzdi. — "Yoshlik".
- Muzday suv-dan hovuchini toʻldirib-toʻldirib ichdi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
- Buloq labiga oʻti-rib, hovuchini ochganda, kaftida gʻijimla-nib yotgan hoʻl roʻmolga koʻzi tushdi. — M. Is-moiliy — Fargʻona t. o.
- Ikki hovuch suv. n Tushga yaqin Avaz bozor-
- dan patir, yaxna et, koʻkat, bir hovuchdan shirinlik olib kelib, dasturxon tuzadi. — S. Siyoyev — Avaz.
- U ikki-uch hovuch tutni ogʻziga tiqdi-yu, yana bir hovuch terib, juvonga oʻgirildi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Bir hovuch yerdagi poliz ham laʼnati boʻrondan sogʻ qolmadi. — Sh. Rashidov — Boʻron-dan kuchli.
- Choʻntagingizda bir hovuch soʻzin-giz bor, shu soʻzlarni shu qadar koʻp ishla-tasiz.. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Oʻylab qarang: bir tomonda bir hovuch boy-lar hamma narsaga ega; hisobsiz, kitobsiz fuqaro-chi? — Oybek — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0