Izohli lug‘at
hujum
ҳужум
Ma’nolari
- Egallash, yoʻq qilish, qaytarish va sh. k. maqsadda harakat qilish; shunday maqsaddagi harakat, uri-nish; hamla.
- harb. Biror hududni zabt etish, dush-manni yoʻq qilish uchun texnika va sh. k. bilan harakat qilish, tashlanish.
- sprt. Qarama-qarshi tomonli sport oʻyinlarida raqibning himoyasini yengish, himoya nuqtasini ishgʻol etish uchun tashlanish harakati.
- Tanbeh, haqorat qilish, soʻkish va sh. k. bilan kimsaga tashlanish; hamla.
- Biror katta ish yoki tadbirni amalga oshirishga qaratilgan umumxalq ha-rakati.
Misollar
- Ayollar tosh, gʻisht parchsiarini koʻtarib, eshik va derazalarga hujum qila ketdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shu payt qoʻqqisdan ikkinchi burgut ham hujumga oʻt-di. Oqsoq toʻngʻizcha anchagacha chiyillab tur-di, soʻng ovozi tindi. — "Fan va turmush".
- Ra-him itining olgʻirligi, qoʻy podasini qanday qilib boʻrining hujumidan qutqargani haqida maqtana ketdi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoq-lar.
- Hujumga oʻtmoq. Dushman hujumini qaytarmoq. Havo hujumi. yat Bombardimonchilarning hujumi oʻn besh minut davom etdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Dushman qanchalik gangitilsa.. hujumning muvaffaqiyati shunchalik mu-qarrar boʻladi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Oʻr-mon yaqinida shox-shabba bilan yashirilgan ikkita dushman tanki hujumga shay tur-ganligi haqida xabar keltirishdi. — Gazetadan.
- Ketma-ket boʻlgan hujum-lar oʻz natijasini berdi: futbolchilari-miz raqib darvozasiga javobsiz ikki toʻp kiritdilar. Boksda hujum bilan birga hi-moyani ham esdan chiqarmaslik kerak. shsh Uning raqibi shohni hujumdan mudofaa qi-lish uchun uzoq oʻylanib qoldi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Xushroʻy chodirdan chiqmasdanoq, choy tashib, xizmat qilib yurgan kundoshiga kesatiq bilan hujum boshlaydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Shuning uchun Ubaydulla aka har bir masalada kuyovining yonini olar, xotini sal gʻinshiy boishsa, darhol hujumga oʻtardi. Oʻ. — Usmonov — Sirli sohil.
- Savodsizlikka qarshi hujum. Pa-ranjiga qarshi hujum. sht Mashinalar ish-layotgan joyda choʻlga qudratli hujum bosh-langanligi sezilib turibdi. — R. Fayziy — Choʻl-ga bahor keldi.
Kelib chiqishi
a. f.— hamla, tajovuz, bosqin; kasallik xuruji
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0