Izohli lug‘at
hurkmoq
ҳуркмоқ
Ma’nolari
- . Choʻchib ketmoq (asosan hayvon va parrandalar haqida).
- . Qoʻrquv his etmoq; choʻchimoq.
Misollar
- Uzoqda hurkib qochgan otni yetaklab kelishardi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina.
- Qoʻylar hurkib ketdi. Xolyor, boʻri keldimi, deb tashqari chiqdi. — "Oysuluv".
- Dilbar hurkib, zingʻillab koʻchaning narigi betiga oʻtib olgan edi. — A. Muhiddin — Chap choʻntak.
- Aʼzam hamon biror soʻz aytishdan hurkar edi: axir Nafisa uning oʻlchoviga toʻgʻri kelmas edi-da! — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0