Izohli lug‘at
hurmat
ҳурмат
Ma’nolari
- Kimsa yoki narsaga boʻlgan qadrlash, ulugʻlash tuy-gʻusi; shunday tuygʻuli munosabat.
- Qozonilgan, orttirilgan hurmat; ob-roʻ, eʼtibor.
- Hurmat qilmoq 1) hurmat bilan muno-sabatda boʻlmoq. Kamtarlik —
- Hurmat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
- Hurmat taxtasi Ishlab chiqarish ilgʻor-larining nomlari va suratlari namoyish qilinadigan maxsus taxta.
Misollar
- Ota-onaga hurmat. Keksalarga hurmat. Ustozlarga hurmat. Oʻz kasbiga hurmat. yash Bu oilada oʻzaro hurmat, oʻzaro yordam, obroʻ-eʼtibor.. mujassamlashgan. — Gazetadan.
- Hurmat inson-ga mehnat orqali, kamtarlik, halollik or-qali keladi. — "Yoshlik".
- Mehnatga hurmat axloqning eng yuksak dasturlaridan biri-dir.. — Oybek — Nur qidirib.
- Elda hurmati zoʻr. sht Men oʻz mehnatim bilan jamoada tanildim, hur-mat qozondim. — Gazetadan.
- Eshitishimcha, Ax-sida hazrati oliyni, hurmatlariga yarasha maʼraka oʻtkazib, qabrga qoʻyishganlar.. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Oh, ona tupro-gʻim, oʻsgan joylarim, Koʻnglimda saqlanar hurmating, qadring. — Mirtemir.
- inson oʻzligi-ni bilishni, oʻzgalarni hurmat qilishni, odamiylikning: samimiylik, mehribonlik.. rostgoʻylik kabi nodir fazilatlarini oʻzi-da mujassam etadi. — Gazetadan.
- Mehnatni hurmat qilish.. samarali va sifatli ish-lashga intilish har bir yigit va qizning burchi va vazifasidir. Gazetadan; 2) ayn. hurmatini qilmoq Boshqasi boʻlsa, qamchin bilan solar edim, lekin soqoling oqini hur-mat qildim.. Oybek, Tanlangan asarlar. Hurmatini qilmoq Hurmat(i) yuzasidan ish tutmoq.
- Otangning hurmatini qilib, seni zovutimdan haydamadim.. — K. Yashin — Hamza.
- Garajimizdagi "Hurmat taxtastga mening ham suratim-ni qoʻyishmoqchi ekan. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
Kelib chiqishi
a. حُرْمَة — man qilingan narsa, muqaddas narsa; muqaddaslik, daxlsizlik; izzat, ehtirom; siylov
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0