Izohli lug‘at
hush
ҳуш
Ma’nolari
- Kishining biror narsa-hodisani sezish, idrok etish, anglash qobiliyati, shunday sezgi, idrokka ega holat.
- Hushi (boshidan) uchmoq 1) hushini, oʻzini yoʻqotmoq.
- Hushi ketmoq Biror narsaga maxliyo boʻlmoq; yetishishni orzu qilmoq.
- Hushiga kelmoq Es-hushi, idroki oʻz holiga kelmoq.
- Hushidan ketmoq Es-hushini yoʻqotmoq; oʻzidan ketmoq.
- Hushini yigʻmoq Es-hushini meʼyoriy holga keltirmoq.
- Hushini olmoq Es-hushidan ayirmoq; es-hushini oʻziga tortmoq, maxliyo qilmoq.
Misollar
- Kumush.. seskanib oʻziga keldi. Xushdan ajralayozgan bechoralar [qutidor, Oftob oyim] bu holdan bir oz jonlangandek boʻldilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Uning gapi Sidiqjonning qulogʻiga kirmas edi. Sidiqjon to hushini oʻnglaguncha, Boltaboy bostirmaga kirib keldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- "Daraksiz" degan soʻzni eshitdi-yu, onaning hushi boshidan uchdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Oʻlimni birinchi marta koʻrganim uchunmi, hushim uchib, qotib qoldim. — O. Yoqubov — Izlayman. 2) hangu mang, hayron holatga tushmoq.
- Birdan bosdi orqadan Toʻpolon, miltiq tovushi. Shu choq yoʻlovchilarning Uchdi boshidan hushi. — Gʻayratiy.
- Dovullayotgan yuzini kafti bilan silagancha yurib ketdi, hushi uchgancha, avtobusga oʻtirdi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- "Bolada, murti sabza urib qolgan boʻlsa hamki, bolaligini qoʻymaydi: behiga hushi ketdi, – deb oʻyladi qora-bayirdagi keksa kishi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Hamma uning boʻzargan yuziga tikilib, hushiga kelishini sabrsizlik bilan kutmoqda edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Ota hushiga kelib, koʻzini ochdi. — M. Mahmudov — Mangu kuy izlab.
- Topdi, jigarbandini topdi, Xosiyat xola muzdek mar-mar toshni quchoqlab, hushidan ketdi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Yaralangan Abdullayev qimir etmay hushidan ketdi. — T. Rustamov — Mangu jasorat.
- Iskanderov bir seskanib, yana hushini yigʻib oldi. — S. Ahmad — Bosh ogʻrigʻi.
- Hovli oʻrtasida qaqqayib turgan Meʼmor nihoyat hushini yigʻib oldi.. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Baqt Gʻulomjonning hushini olib qoʻydi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Qorongʻi kechada vavagʻ va bitbildiqlari bilan kishi hushini olguvchi bedanalar.. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
Kelib chiqishi
fors. – ong, shuur; aql, idrok; es, fahm; xotira; esda tutish qobiliyati
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0