Izohli lug‘at
huzur
ҳузур
Ma’nolari
- Yuqori darajadagi qanoat, qoniqish hissi, kishi vujudi, aʼzolarining yayrash holati; rohat.
- Huzur qilmoq Huzur, rohat hissini tuymoq, huzurlanmoq.
- =Huzur II=
Misollar
- Oʻz mehnatining huzurini koʻrmoq.
- Kanal suvi qirgʻoqqa bir maromda yel purkab, saratonda odamga huzur bagʻishlaydi. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Paxtachilikning azobi ham, huzuri ham bor.. — Gazetadan.
- Latofat.. gullar ichida yurgandek, huzur bilan nafas oldi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Huzur qilib nafas olmoq. Sovuq suvda huzur qilib yuvinmoq.
- Bahor havosidan koʻngillar huzur qiladi. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Umid yugurib chiqib, qoʻlini sovunlab yuvib keldi, ovqatni huzur qilib ichdi. — Mirmuhsin — Umid.
- Mirvaliyev oʻz gapidan oʻzi huzur qilib kuldi. — "Mushtum".
Kelib chiqishi
arab. — bor, mavjud boʻlish, hozir boʻlish; kelish, koʻrinish, namoyon boʻlish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0