Izohli lug‘at
iblis
иблис
Ma’nolari
- Odamlarni yoʻldan ozdiruvchi, yomon yoʻlga boshlovchi maxluq; shayton.
- Iblisga xos xususiyatli odam.
- Iblisga nisbatlovchi haqoratni bildiradi.
Misollar
- U, Saidgʻozi-ning.. yuragiga iblis in qurgan tuhmatchi, butun badani zahar bogʻlab ketgan gʻaraz-goʻyligini bilmagan ekan. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Ezozxon odam suratidagi iblis hikoyasiga qoʻrquv ichida quloq solib oʻtirarkan, uning [Ziyodillaning] maqsadiga tushu na olmadi. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Qutidor, qizining maqsadiga tushu-nib, ikki turli qoʻlni darrov payqab oldi: -Vijdonsiz, iblis! — deb qoʻydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Kelib chiqishi
ٳٻليس — shayton
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0